Тетрахлорметан (CCl 4 ) билан чақирилган токсик гепатитда каламуш жигар митохондрияси антиоксидант ферментлар – СОД, каталаза, глутатионпероксидаза фаоллигига ва Fe 2+ /цитратга боғлиқ липидларни перекисли оксидланишига полифеноллар экстрактининг таъсири.
Andiz (Inula) – qoqidoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tlar turkumi haqida keltirilgan. O’zbekistonda va dunyoda dorivor o’simliklarni biologik faol moddalar tarkibini o’rganishga ham katta e’tibor berilmoqda, chunki inson tanasidagi gormonlar, vitaminlar, aminokislotalar, fermentlar bilan bog’liq bo’lgan optimal miqdori va nisbati fiziologik jarayonlarning normal o’tishini ta’minlaydi va ularning yetishmasligi inson tanasida turli xil patologik jarayonlarning rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin
Carthamus tinctorius l gullari an'anaviy ravishda yurak-qon tomir, serebrovaskulyar va ginekologik asoratlar uchun qo'llaniladi. Shu bilan birgalikda yurak-qon tomir kasalliklari uchun Carthamus tinctorius l suvli ekstraktining fitoterapevtik hamda, antikoagulyant, qon tomirlarini kengaytiruvchi, antihipertenziv, antioksidant, neyroprotektiv, immunosupressiv, melanin sinteziga inhibitiv ta'sir ko'rsatadigan saratonga qarshi vosita sifatida dunyo olimlari ilimiy tadqiqotlar olib borishmoqda. Bundan tashqari, Carthamus tinctorius l neyrotrop, kardiotrop, gemopoetik va diaforetik tizimlar bilan bog'liq boshqa kasalliklar uchun ham samarali ekanligi aniqlangan. Ushbu o'simlikning fitokimyosiga kelsak, tegishli tadqiqotlar o'simlikning turli qismlaridan aniqlangan flavonoidlar, feniletanoid glikozidlar, kumarinlar, yog' kislotalari va steroidlar kabi bir qator faol tarkibiy qismlarni aniqladi. Hozirgi vaqtda bir qator farmatsevtika tadqiqotlari uning antioksidlanish, yallig'lanishga qarshi va antiepilepsiya nuqtai nazaridan etnofarmatsevtik qo'llanilishiga e’tibor qaratilgan. Biz olib borgan tadqiqot Carthamus tinctorius l ning antioksidantlik xususiyatlarini ko‘rib chiqish.
В статье проводится эконометрический анализ влияния привлекательности инвестиционной среды на стабильность социально-экономического развития Навоийской области.
Gormonlar hujayraning genetik apparatini stimullash, fermentlarni faollashtirish va fermentativ reaksiyalar tezligini oʻzgartirish yoʻli bilan moddalar almashinuviga taʼsir koʻrsatadi. Ular oqsilning tuzilishini belgilab beradigan informatsion ribonuklein kislotasining hosil boʻlishini kuchaytirib, oqsillar biosinteziga taʼsir etadi. Shunday xususiyatga ega somatotropin gormoni (STG)-191 ta aminokislotadan tashkil topgan peptid tabiatli gormon bo'lib, gipofizning oldingi bo'lagidan sekretsiya bo'ladi. Bu gormon yetishmasligi gipofizar past bo'ylikka olib keladi. Yаqin kelаjаkdа rekоmbinаnt somatotropingа bо’lgаn tаlаb оshish ehtimoli mavjud. Chunki, hоzirgi ishlаb chiqаrish texnоlоgiyаlаri ishlаb chiqаrish quvvаtlаrining cheklаngаnligi vа ishlаb chiqаrish nаrxining yuqоriligi sаbаbli аrzоn somatotropinga bо’lgаn tаlаbni qоndirа оlmаydi. Natijada, terаpevtik rekоmbinаnt оqsillаrni ishlаb chiqаrish mexаnizmlаrini о`rgаnishni tаlаb qilаdi. Rekоmbinаnt somatotropin аsоsаn E. cоlining lemo shtammi yоrdаmidа sintez qilingan bo’lib, terаpevtik bosqichlarni amalga oshirishda fоydаlаnish uchun qо’llаnilаdi.
Мазкур мақолада қамбағаллик, унинг юзага келиши сабаблари, ижтимоий-иқтисодий оқибатлари, жаҳон ва Ўзбекистон Республикасидаги таснифий ҳолат, камбағаллик даражасини аниқлашнинг ижтимоий – иқтисодий моҳияти ва уни қисқартириш юзасидан илмий таклиф ва амалий тавсиялар берилган.
Стимуляция антиоксидантной защиты снижает риск развития когнитивных нарушений, связанных с гипогликемией. Великобритания, выраженность когнитивных изменений у пациентов с сахарным диабетом 1-го типа вследствие повторных эпизодов гипогликемии можно корректировать, применяя антиоксиданты.